Qashqadaryoda toʻqimachilik korxonasi omborida kuchli yongʻin sodir boʻldi
30-noyabr kuni Qarshi shahridagi “Doʻstlik” mahallasida joylashgan “Bunyodkor” toʻqimachilik korxonasi omborida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:41 atrofida favqulodda vaziyatlar boʻlimiga yongʻin haqida xabar kelib tushgan.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea joyiga 9 ta oʻt oʻchirish-qutqaruv guruhi yetib kelgan, soat 12:40da yongʻin toʻliq oʻchirilgan.
Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ayni paytda tegishli idoralar vakillari yongʻin sabablari va yetkazilgan zararni oʻrganmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring