Qarshida chempion yigit oʻldirildi. Uning oʻlimida ayblanayotgan 6 nafar shaxs qamoqqa olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda sport ustasi Elbek Rahimov oʻldirib ketilganligi haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Jinoyat ishi doirasida 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ulardan 6 nafari protsessual tartibda ushlandi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring