Qashqadaryoda qoʻlga olingan jihodchilar orasida imom noibi boʻlgani rad etildi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabariga koʻra, mutasaddi idoralar bilan muloqotlar olib borilgan.
“Ushbu xabarda guruh aʼzolari qatorida keltirilgan masjid imom noibi aslida boshqa kasb egasi ekani maʼlum boʻldi”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, bugungi murakkab davrda hushyorlik va ogohlik har qachongidan ham dolzarb vazifa ekanini teran anglagan imom-xatiblar, imom noiblari va diniy soha xodimlari buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi kurash ishlarida faol ishtirok etishmoqda.
Avvalroq DXX Qashqadaryo viloyatida “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimining noqonuniy guruhi faoliyatiga chek qoʻygan edi. Qoʻlga olingan 12 kishi orasida, jumladan, masjid imom noibi borligi aytilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring