Qashqadaryoda “Nexia-3” avtomobili haydovchisi fuqarolarni sudrab ketdi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda “Nexia-3” haydovchisi fuqarolarni sudrab ketgani aks etgan videotasvirlar keng tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻldi. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, joriy yil 8-iyul kuni soat taxminan 14:30larda Mirishkor tumanida joylashgan oshxonaga fuqarolar R.L., K.S.lar kirib, oshxona egasi E.I. bilan tortishib qolgan.
Oʻzaro kelishmovchilik oqibatida R.L., K.S.lar haydovchi K.H. boshqaruvidagi “ Nexia-3” rusumli avtomashinasiga yoʻlovchi sifatida oʻtirganda, fuqaro E.I. va yaqin qarindoshlari avtomashinani toʻxtatishga uringan, biroq haydovchi toʻxtamasdan, harakatni davom ettirgan.
“Hozirda ushbu holat yuzasidan Mirishkor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi munosabatda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring