Qashqadaryoda kanadalik investorlar bilan hamkorlikda soya ekilib, qayta ishlanadi
Yaqinda Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumaniga kanadalik investorlar va Oʻzbekiston “Cental Asia Chemicais Uzbekistan” MCHJ direktori B.Sharipov tashrif byurdi. Bu haqda tumani hokimligi axborot xizmati xabariga asoslanib NasafNews manbasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tuman hokimi, mutasaddi rahbarlar va investorlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada soya yetishtirish hajmlarini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda 10 ming gektar yer maydoniga “Soya ekish va uni qayta ishlash zavodi” qurilishi kelishib olindi.
Investorlar ushbu zavodni qurish va loyihani amalga oshirish uchun 15 mln. AQSH dollari hajmida sarmoya kiritilishi va 2 mingdan ortiq ishchi oʻrin yaratilishini maʼlum qilishdi.
Maʼlumot uchun, soya ekini dukkakli oʻsimlik hisoblanib, oʻsimlik moyi, chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik uchun ozuqa bazasini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring