Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarilayotgan yashirin sex faoliyati fosh qilindi

11:19 23 Avgust 2025 Jamiyat
383 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz va Kitob tumani boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Maʼlum boʻlishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqarolar Gʻ.F. va X.X. oʻzlariga tegishli noturar binolarda yashirin sexlar tashkil etgan.

Qonunbuzar fuqarolar ushbu yashirin sexlarda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelgan. Tezkor tadbir davomida ulardan jami 157 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 250 kg chigit, 2 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер