Qashqadaryoda IIB xodimlari va fuqarolar oʻrtasida janjal aks etgan video boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi

06:49 04 Aprel 2022 Jamiyat
1233 0

Foto: IIV matbuot xizmati

2022-yil 31-mart kuni soat 09-00da Chiroqchi tumani Oq oltin MFYda joylashgan “Shomurod ota” fermer xoʻjaligi rahbari A.D. oʻziga tegishli boʻlgan 20 gektar yer maydonini shudgor qilmoqchi boʻlganida bir nechta fuqarolar tomonidan qarshilik koʻrsatilgan. Natijada fermer ichki ishlar organlariga holat boʻyicha xabar bergach, xodimlari voqea joyiga yetib kelib, jamoat tartibini saqlab, koʻngilsiz holatlarning oldini olgan.

Holat yuzasidan qarshilik koʻrsatgan fuqarolarga qonunda belgilangan tartibda chora koʻrish uchun Chiroqchi tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Shu oʻrinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati toʻgʻrisida asoslantirilmagan, notoʻgʻri yoki yolgʻon xabarlarni tarqatmasliklarini, bunday holatlar uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganligini eslatib oʻtamiz.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер