Qashqadaryoda avtokredit mablagʻini oʻzlashtirganlar ushlandi
Illyustrativ foto
Qarshi shahrida avtokredit mablagʻini oʻzlashtirish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqarolar Sh.Q. va boshqalar fuqaro Sh.Q.ga hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan BYD HAN avtomashinasini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻymagan. Oqibatda bank manfaatlariga 620 mln soʻm zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring