Qashqadaryoda 700 dan ortiq xodimning taʼtil pullari toʻlab berildi
Foto: Arxiv surat
Joriy yilning noyabr oyida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qarshi davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-35-son “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi tahlil qilindi.
Tahlil natijasiga koʻra, yillik mehnat taʼtiliga chiqqan xodimlarga yillik mehnat taʼtil pullari toʻliq toʻlanmasdan 3 va 5 kunga kam hisoblab toʻlab berilganligi aniqlandi.
Vaholanki, yuqoridagi Farmonning 3-bandida har yilgi mehnat taʼtili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat taʼtilining amaldagi davomiyligi hisobga olinishi va unga ushbu Farmonning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari qoʻshilishi belgilangan boʻlsada lekin taʼtil pullari kam toʻlab kelingan.
Adliya aralashuvi bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qarshi davlat universitetiga joriy yilning 17-noyabr kuni taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma natijasida 751 nafar xodimga 898 mln. kam toʻlangan taʼtil pullari toʻlab berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring