Qashqadaryo viloyatida yoqilgʻi-energetika sohasida nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda

15:02 06 Yanvar 2024 Jamiyat
407 0

“Oʻzenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va viloyat prokuraturasi tomonidan Qamashi tumanida oʻrganishlar olib borildi. Xususan:

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash yuzasidan reyd tadbirlari tashkil qilindi. Shuningdek, davlat manfaatlariga yetkazilgan 159 mln soʻmlik zarar undirildi.

Quyosh panellari haqqoniyligini oʻrganish guruhi vazifalari taqsimlab berildi. 3 ta “qoʻshib yozish” aniqlandi. 22 ta xonadon “Quyoshli xonadon” dasturiga ulandi.

Koʻmir shoxobchasi orqali aholiga sayyor koʻmir tarqatish yoʻlga qoʻyildi. 22,1 tonna koʻmirning sifatsizligi aniqlanib, chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Elektr hamda gaz taʼminoti korxonalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli oʻrganildi (korxona rahbarlarining intizomiy javobgarligi koʻrib chiqilmoqda).

2 ta gaz toʻldirish shoxobchasi oʻrganildi. 745 kg suyultirilgan gaz kamomadi aniqlanib, masʼullarning maʼmuriy javobgarligi koʻrib chiqilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер