Qarz toʻlanmaganligi sababli Tracker xatlandi

15:08 13 Iyul 2023 Jamiyat
358 0

Taʼkidlash joizki, soʻnggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan kredit ajratish tizimi soddalashtirildi. Natijada koʻplab fuqarolar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz banklardan kredit olib, oʻz tadbirkorlik faoliyatiga ega boʻlishdi. Ammo ularning orasida masʼuliyatsizlari ham uchrab turibdi.

Jumladan, fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudining 27.06.2022-yildagi ijro varaqasiga asosan “Ind.M.” MCHJdan AT “Xalq banki” Sergeli filiali foydasiga 192 mln 885 ming 139 soʻm kredit qarzdorligini undirish boʻyicha ijro ishi byuroning Yangihayot tuman boʻlimi davlat ijrochisi B.Xayitov ish yurituviga kelib tushgan.

Sud hujjatiga koʻra undiruvni jamiyat tomonidan garovga qoʻyilgan mulkka qaratish belgilangan. Jumladan, garovga qoʻyilgan 2019-yilda ishlab chiqarilgan “Tracker” avtotransport vositasi tegishli tartibda elektron onlayn-auksion orqali sotilib, auksion savdolaridan tushgan pul undiruvchi AT “Xalq Banki”ning Sergeli filiali foydasiga oʻtkazib berilishi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер