Qarshida oʻqituvchisi pora talab qilgan talaba oʻzini osgani aytilmoqda

10:56 14 Aprel 2021 Jamiyat
2957 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Talaba oʻz joniga qasd qildi” sarlavhali xabarlar tarqalmoqda.

Unda Qarshi davlat universitetining fizika-matematika fakultetida toʻlov-kontrakt asosida ikkinchi kursda tahsil olayotgan talaba oʻzini osib qoʻyganligi haqida bildirilgan.

Bosh prokuratura Matbuot kotibining maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga koʻra, 2021-yil 27-fevral kuni jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, xabarda talaba qishki sessiya imtihonlaridan oʻtolmaganligi va uning imtihondan oʻtishi uchun oʻqituvchi katta miqdorda pora talab qilganligi koʻrsatilgan va aynan shu holat marhumning oʻz joniga qasd qilishiga sabab boʻlgan degan taxmin ilgari surilgan.

Shunga koʻra, mazkur vajni oʻrganish maqsadida Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan qoʻshimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Natijalari haqida qoʻshimcha xabar qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер