Qarshida chaqaloqfurushlar qo’lga olindi
Shu yilning 4 mart kuni soat 10.30larda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida Dasht mahallasida yashovchi 1985 yilda tug’ilgan M. Abdieva va 1999 yilda tug’ilgan Z. Muzropova yangi tug’ilgan chaqaloqni sotayotgan vaqtda qo’lga olindi.
O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko’ra, M. Abdieva va Z. Muzropova shu yil 25 fevral kuni Nishon tumani Paxtakor MFYda yashovchi qarindoshi N.Q. dunyoga keltirgan o’g’il bola chaqaloqni Quyi Beshkent MFY hududida joylashgan “Sher” nomli choyxonada fuqaro S. Bga 3.000.000 so’mga sotayotgan payt ushlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring