Qarshi shahrida 30 yildan buyon chiqindixona bo‘lgan Qo‘ng‘irtog‘ massivi endi  yashil makonga aylanadi

12:28 12 Noyabr 2021 Jamiyat
974 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Qarshi shahri aholisi tomonidan turli maishiy chiqindilar tashlanayotgan Qo‘ng‘irtog‘ massivi 47 gektar maydonni egallagan bo‘lib, turli maishiy chiqindilar pala-partish tashlangani va zararsizlantirilmagani bois atrofga badbo‘y hid taratib, ekologik muvazanatga salbiy taʼsir ko‘rsatib kelayotgan edi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan  “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida mazkur chiqindilar poligonida ko‘ngilli aholi vakillari ishtirokida ekologik hashar o‘tkazildi. Unda deputatlar, volontyorlar, yoshlar, Qarshi shahar “Toza hudud” davlat unitar korxonasi va shahar obodonlashtirish boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

-Bu aksiyani o‘tkazishdan maqsad “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida mazkur hududda 47 gektarlik bog‘ barpo qilishdir,- deydi Qarshi shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i Azamat Abdirahimov. - Qo‘ng‘irtog‘ massivining 14 gektariga povloniya ko‘chatlari,  yo‘l chetlariga jiyda, naʼmatak va va boshqa daraxt ko‘chatlarini qadash ko‘zda tutilgan.  

Chiqindilar “poligoni” vazifasini o‘tagan Qo‘ng‘irog‘ massiviga erta-indin nihollar ekilib, ko‘rkam bog‘ barpo etiladi. Bahor kelishi bilan bu nihollar kurtak yozib, ko‘kka bo‘y cho‘zadi, chin maʼnoda yashil makonga aylanadi. Binobarin, shu yil kuz-qish oylarida Qarshi shahrida 274 ming tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazish ko‘zda tutilgan va ayni paytda bu ishlar qizg‘in davom ettirilmoqda.

         Faxriddin Bozorov, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер