Qardoshlik aloqalari mustahkamlandi

13:56 17 Iyul 2024 Jamiyat
298 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatining qoʻshni Qirgʻiziston va Tojikiston bilan chegara hududlarida vaziyat tubdan oʻzgarib, qardoshlik aloqalari mustahkamlandi.

Fargʻona viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Qirgʻiz Respublikasining Batken viloyatida boʻlib, Batken gubernatori Abdikarim Alimbayev boshchiligidagi qoʻshni viloyat rasmiylari bilan uchrashdi. Ikki mamlakat rasmiylari birgalikda viloyatning Rishton, Soʻx, Shohimardon hamda Quvasoy shahri hududidagi chegara nazorat punktlari faoliyati bilan tanishdi.

Chegara maskanlarida aholi vakillari, yuk tashuvchi transport vositalari egalari bilan suhbatlashib, xizmat sifatini yanada yaxshilash boʻyicha kelishib olindi. Ikki viloyat rahbarining tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy-gumanitar, madaniy, turizm hamda boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер