Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vaziri tayinlandi
Annaqulov Baxitbay Qidirbayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
B.Annaqulov bundan avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi urug‘chilikni rivojlantirish markazi boshqarmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Ungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrokimyo stansiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yil Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bo‘linib, ikkita alohida vazirlikka aylantirilgan edi. Suv xo‘jaligi vaziri sifatida avval Quyi Amudaryo irrigatsiya tarmoqlari havzasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Jalg‘as Uzaqov faoliyat yuritib kelmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring