Qandli diabetni koʻz fotosuratlari orqali aniqlash yoʻli topildi
Qandli diabetning qator xavfli asoratlari bor. Masalan, uzoq muddat qonda glyukoza darajasi yuqori boʻlishi bora-bora koʻrish qobiliyati pasayishi va hatto butunlay yoʻqolishiga olib kelishi mumkin. Bu patologiya tibbiyotda diabetik retinopatiya deb nomlanadi.
Ammo kech bosqichda namoyon boʻladigan mazkur asoratlar aslida ancha avval, yashirin alomatlar bilan boshlanadi. Shu bois qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlarga tez-tez oftalmolog koʻrigidan oʻtib turish tavsiya etiladi.
Rossiyalik olimlar bu jarayonni yanada osonlashtirish chorasini topdi. Ular yaratgan neyrotarmoq koʻz fotosuratlari orqali diabet oqibatida yuzaga keladigan toʻr parda patologiyasini aniqlash imkonini beradi.
Innovatsion ishlanma matematik model asosida ishlaydi. Yaʼni maxsus dastur sunʼiy intellekt yordamida diabetik retinopatiyaga erta bosqichda, 88,7 foiz aniqlikda tashxis qoʻyadi. Buning uchun neyrotarmoqqa bemor koʻzlari suratlari joylashtirilishi kifoya.
Olimlar yaratgan yangi model fotosuratlarni oʻta yuqori tezlikda tahlil qilib, toʻr pardagi qon ketishi, lipidlar toʻplanishi, tomirlar oʻsishi va ular devorlarining ingichkalashi kabi belgilarga koʻra, xastalikni aniqlab beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring