Qanday pullar muomalaga yaroqsiz boʻladi?

11:31 03 Oktyabr 2018 Jamiyat
4386 0

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot“ kanali muomalaga yaroqsiz boʻladigan banknotalar haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra, quyidagi shikastlanish belgilari mavjud boʻlgan banknota muomalaga yaroqsiz hisoblanadi:

boʻlaklarga ajratilgan, shu jumladan yopishtirilgan boʻlsa;

dastlabki rangi oʻzgargan yoki rangi oʻchgan boʻlsa;

yongan yoki kuygan holatda boʻlsa;

qonuniy toʻlov vositasi ekanligini koʻrsatuvchi asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, boʻyoq yoki siyoh toʻkilgan boʻlsa;

banknotada kimyoviy reaktivlar taʼsiri boʻlsa;

muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) oʻzgartirilganda, nominali oʻzgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar boʻlsa;

banknotlar aniq bosma xatoga ega boʻlgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yoʻqligi yoki notoʻgʻri joylashganligi), tasvirlari toʻliq bosilmagan yoki surkalib ketgan boʻlsa;

banknota geometrik oʻlchamining 3 mm ga teng yoki undan ortiqqa oʻzgargan boʻlsa;

banknota tasvirini (suratini, portretini, shaklini) aniqlash imkonini bermaydigan darajada sezilarli siyqalangan va ifloslangan boʻlsa;

oʻzining qattiqlik darajasini sezilarli darajada yoʻqotib, yumshoq holga kelgan banknotlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер