Qanday maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlar hisoblanadi?
Foto: Illustrativ foto
Shaxsga doir maʼlumotlar – muayyan shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda yoki boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.
Shunga koʻra, shaxsga doir maʼlumotlar qatoriga shaxsning ism-familiyasi, pasporti (ID) va boshqa shaxsiy hujjatlaridagi qaydlar, tugʻilgan sanasi va joyi, e-mail manzili, telefon raqami, yashash, oʻqish va ishlash joylari, oilaviy, ijtimoiy va mulkiy holati, qayerda taʼlim olgani, qaysi kasb egasi ekanligi, daromadi qanchaligi, fiziologik va biologik xususiyatlari kabi maʼlumotlar kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring