Qanday ichimliklar uyqusizlikni yengishga yordam beradi?
Hozirda koʻpchilikni uyqusizlik qiynaydi. Shu sabab uyqusizlikni yengishda koʻmaklashadigan ichimliklar haqida maʼlumot toʻpladik.
Moychechak va lavandadan tayyorlangan choy ajoyib tinchlantiruvchi vositadir. Bundan tashqari, bu ichimlik bosh ogʻrigʻini yengishga yordam beradi. Asalli sut ham tez uxlab qolishga yordam beradi.
Tabiiy gilos sharbati uyqu gormoni melatonin ishlab chiqarishga yordam beradi. Uyqusizlikdan aziyat chekadigan odamlar uchun ideal kechki ovqat issiq tovuq, kurka yoki sabzavotli bulonidir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring