Qanday dori vositalarini retseptsiz olish mumkin?

09:25 13 Noyabr 2018 Jamiyat
2981 0

“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, Sogʻliqni saqlash vazirligi har yili bir marotaba Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxatini tasdiqlaydi.

Shunga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxati Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali xabar bermoqda.

Yangi tahrirda monopreparatlar roʻyxatidan (yaʼni tarkibida bir dona taʼsir etuvchi moddasi mavjud boʻlgan dori vositalari), 6 ta nomdagi dori vositalari chiqarib tashlanib, 4 ta yangi dori vositalari nomlari qoʻshilgan.

Majmuaviy preparatlar roʻyxatidan (tarkibida ikki va undan ortiq taʼsir etuvchi moddasi boʻlgan dori vositalari) esa 67 ta nomdagi dori vositalari chiqarib tashlangan va 91 ta yangi dori vositalari nomlari qoʻshilgan.

Endilikda retseptsiz beriladigan monopreparatlar soni 189 tani tashkil etmoqda. Retseptsiz beriladigan majmuaviy preparatlar soni esa – 1087 tani tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер