“Qamchiq” dovonidan oʻtgan avtomobil yoʻlining 236-240 kilometrlari oraligʻida qor yogʻmoqda
IIV YHXBBning xabar berishicha, “Qamchiq” dovonidan oʻtgan avtomobil yoʻlining 236-240 kilometrlari oraligʻida (ikki tunnel oraligʻi) vaqti-vaqti bilan maydalab qor yogʻmoqda.
Xabarda aytilishicha, yoʻllar ochiq va muzlamagan. Lekin asfalt nam boʻlganligi bois sirpanchiqlik paydo boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring