“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
Videodan kadr
“Qamchiq” dovonida “Volvo” rusumli yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea kecha, 18-sentyabr kuni soat 22:35 da “Qamchiq” dovoni hududidan oʻtgan A-373 avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. Yongʻin “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Volvo” rusumli yuk avtomobilining qurilish mahsulotlari boʻlgan tirkamasida kelib chiqqan..
Xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 22:47 da yetib borgan va 23:42 da alangani bartaraf qilgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olgan fuqarolar toʻgʻrisida murojaat kelib tushmagan.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring