“Qamchiq” dovonida “Equinox” toʻliq yonib ketdi (video)
Foto: Videodan kadr
“Qamchiq” dovonida “Equinox” rusumli avtomashina elektr simlaridagi qisqa toʻqnashuv tufayli kelib chiqqan yongʻin oqibatida toʻliq yonib ketdi. Bu haqda “Qamchiqavtoyoʻl” xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 24-iyul kuni soat 12:55 da Guliston—Boʻka—Angren—Qoʻqon va Andijon orqali Oʻsh avtomobil yoʻlida Toshkent—Vodiy yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Equinox” rusumli avtotransport vositasining elektr qismidagi qisqa toʻqnashuv tufayli yongʻin sodir boʻlgan.
Maʼlum qilinishicha, yongʻin hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bartaraf etilgan.
«Tan jarohati olganlar yoʻq. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda», deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring