Qalbimizni quvonchga to‘ldirdi

Yoshi ulug‘ insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda mehnat faxriylarini e’zozlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganidan behad minnatdormiz. Biz, nuroniylarning yashashimiz, sog‘lig‘imizni tiklashimiz, hordiq chiqarishimiz uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu imkoniyatlardan foydalanib, hayot gashtini surmoqdamiz.
Xususan, o‘tgan yili menga davlatimiz tomonidan ko‘p qavatli turar joylardan ikki xonali uy ajratishdi. Bu mehribonliklardan, e’zozdan ko‘nglimiz ko‘tarilib, xursand bo‘layapmiz. Ayniqsa, bu yilgi Prezidentimizning tabrik xati, qimmatbaho sovg‘alari, ayniqsa, poytaxtimizdagi bayram tadbiriga taklif etilganimiz, bu yerdagi o‘yin-kulgular qalbimizni cheksiz quvonchga to‘ldirdi.
Saidahmad ISAYEV,
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
Andijon shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring