Qalbaki pullarni muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Boʻstonliq tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M. A. va Yu.M. foydalanuvida boʻlgan “Lacetti” rusumli avtotrasport vositasi saloni koʻzdan kechirilganda, 52 dona 100 ming soʻmlik, 19 dona 50 ming soʻmlik va 11 dona 200 ming soʻmlik qalbaki kupyuralar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring