Qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

10:34 25 Dekabr 2023 Jamiyat
473 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda YATT K.M. “Yangi mahalla” MFYdagi savdo doʻkonida xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 50 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro A.A.ga 800 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo doʻkonidan 14 xil turdagi jami 3 453 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.S.” xususiy korxonasiga qarashli savdo doʻkonida 2 514 dona qalbaki aksiz markali alkogol hamda hech qanday hujjatsiz 454 quti tamaki mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер