“Qaytish” filmi Zominda suratga olinmoqda
Kinematografiya agentligi buyuurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi DUK tomonidan “Qaytish” nomli toʻliq metrajli badiiy filmining tasvirga olish ishlari 10-oktyabr sanasidan boshlangan boʻlib, jarayonlar davom etmoqda.
Mazkur kinoloyiha Jizzax viloyat, Zomin tumanida suratga olinmoqda.
Kartina zamonlar chigʻirigʻida rivojlanib borayotgan hayot haqida boʻlib, maishiy hayotdan ijtimoiylashuvga qadar borayotgan chol va kampir hayotidagi oʻzgarishlar haqida hikoya qiladi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Shokir Xoliqov, postanovkachi operator Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Xurshid Alixoʻjayev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring