Qaysi hududda qurilish korxonalari soni koʻp?
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-mart holatiga respublikamizda jami 41 929 ta qurilish korxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 712 taga koʻp. 2021-yil yanvar-fevral oyida 1 251 ta qurilish korxonasi yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:
Toshkent shahri – 8 191 ta
Toshkent viloyati – 3 641 ta
Qashqadaryo viloyati – 3 383 ta
Fargʻona viloyati – 3 303 ta
Andijon viloyati – 3 163 ta
Samarqand viloyati – 3 150 ta
Buxoro viloyati – 2 795 ta
Surxondaryo viloyati – 2 550 ta
Qoraqalpogʻiston R. – 2 329 ta
Namangan viloyati – 2 322 ta
Jizzax viloyati – 2 058 ta
Xorazm viloyati – 1 939 ta
Navoiy viloyati – 1 595 ta
Sirdaryo viloyati – 1 510 ta
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring