Qaysi hududda qurilish korxonalari soni koʻp?
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-fevral holatiga respublikamizda jami 41 415 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 615 taga koʻp.
2021-yil yanvar oyida 607 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:
Toshkent shahri – 8 034 ta
Toshkent viloyati – 3 592 ta
Qashqadaryo viloyati – 3 334 ta
Fargʻona viloyati – 3 270 ta
Andijon viloyati – 3 121 ta
Samarqand viloyati – 3 117 ta
Buxoro viloyati – 2 773 ta
Surxondaryo viloyati – 2 517 ta
Qoraqalpogʻiston R. – 2 333 ta
Namangan viloyati – 2 302 ta
Jizzax viloyati – 2 034 ta
Xorazm viloyati – 1 924 ta
Navoiy viloyati – 1 571 ta
Sirdaryo viloyati – 1 493 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring