Qaysi hududda axborot va aloqa sohasidagi korxonalar koʻpligi maʼlum boʻldi

14:25 17 Dekabr 2021 Jamiyat
1423 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-dekabr holatiga koʻra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 10 454 tani tashkil etgan.

Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,7 % ga oshgan.

2021-yil yanvar-noyabr oylarida axborot va aloqa sohasida 2 382 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 2 361 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha eng koʻp ulushga ega boʻlgan hududlar:

—Toshkent shahri – 815 ta

— Fargʻona viloyati – 249 ta

— Samarqand viloyati – 221 ta

— Toshkent viloyati – 144 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер