Qaysi hududda aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi yuqori?
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan oʻrtacha 18,5 kvadrat metrni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 0,3 kvadrat metrga oshgan.
Hududlar kesimida aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi:
— Qoraqalpogʻiston R. – 17,1 kv. m.
— Andijon viloyati – 15,7 kv. m.
— Buxoro viloyati – 17,4 kv. m.
— Jizzax viloyati – 17,0 kv. m.
— Qashqadaryo viloyati – 16,6 kv. m.
— Navoiy viloyati – 24,0 kv. m.
— Namangan viloyati – 17,0 kv. m.
— Samarqand viloyati – 19,4 kv. m.
— Surxondaryo viloyati – 13,7 kv. m.
— Sirdaryo viloyati – 18,8 kv. m.
— Toshkent viloyati – 17,6 kv. m.
— Fargʻona viloyati – 20,8 kv. m.
— Xorazm viloyati – 24,1 kv. m.
— Toshkent shahri – 22,8 kv. m.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring