Qahraton sovuq sabab AQSHdagi mashhur Niagara sharsharasi muzlab qoldi
Foto: Reuters
Qahraton sovuq sabab AQSHdagi mashhur Niagara sharsharasi muzlab qoldi.
Eʼtiborli jihati, ushbu gʻaroyib manzarani koʻrish uchun kelayotgan sayyohlar oqimi ortgan. Sinoptiklarning aytishicha, ushbu holat koʻp vaqtga bormaydi. Chunki Nyu-York shtatida harorat yana isiy boshlagan. Bu yerda +7 darajagacha havo iligan.
AQSHda fevral oyining oʻrtalaridan beri qattiq sovuq harorat kuzatilmoqda. Qahraton sovuq tufayli 60 kishi hayotdan koʻz yumgan. Suv va elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Qor boʻronlaridan eng koʻp Texas shtatida zarar koʻrgan.
AQSH prezidenti Jo Bayden shtatda tabiiy ofat holatini eʼlon qildi va mahalliy maʼmuriyatlarni federal yordam koʻrsatishga chaqirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring