Qabul-2020: Bugun 31 896 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtdi

22:36 21 Iyun 2020 Jamiyat
1398 0

2020-yil 21-iyun soat 18:00 holatiga respublika boʻyicha jami 31 896 nafar (joriy yilgi bitiruvchilari 13 431 nafar) abituriyent roʻyxatdan oʻtdi.

Shundan, taʼlim shakli boʻyicha:

kunduzgi – 19 872 nafar;

sirtqi – 11 412 nafar;

 kechki – 612 nafar.

Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan OTMlar:

Toshkent davlat pedagogika universiteti - 1644 nafar;

Andijon davlat universiteti – 1522 nafar;

Samarqand davlat universiteti – 1446 nafar;

Termiz davlat universiteti – 1168 nafar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 1125 nafar

Tillar kesimida:

oʻzbek tilida – 26037 nafar (81,6 %)

rus tilida – 5395 nafar (16,9 %)

 qoraqalpoq tilida – 370 nafar (1,2%)

boshqa tillarda – 94 nafar (0.3%).

Eslatib oʻtamiz, abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish joriy yilning 20-iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер