Putin va Bayden qachon va qayerda uchrashishi aniq boʻldi

22:44 25 May 2021 Dunyo
1522 0

Foto: AP

Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden joriy yilning 16-iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida uchrashadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tomonlar Rossiya-Amerika munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollarini, shuningdek, strategik barqarorlik va xalqaro kun tartibidagi masalalarni, shu jumladan, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va mintaqaviy mojarolarni hal qilishda mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv haqidagi maʼlumotlar Oq uy tomonidan ham tasdiqlandi.

“Rahbarlar dolzarb muammolarning barcha turlarini muhokama qiladilar, chunki biz AQSH va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlarda barqarorlikni tiklashga intilamiz”, deyiladi Oq uy bayonotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер