Putin Si Jinpinga Rossiya Ukrainada besh yil jang qilishini aytgan
Yapon nashrining oʻz manbalariga tayanib yozishicha, Rossiya prezidenti bu haqda Xitoy rahbariga 2023-yil mart oyida Moskvaga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.
“Bu Si Jinpinga pozitsiyasini oʻzgartirmaslik haqida ogohlantirish boʻlgan. Putin oʻz soʻzlari bilan Xitoyni Ukrainadagi urush Rossiya uchun foydali ekaniga va yakunda Moskva gʻalaba qozonishiga ishontirishga harakat qilgan”, deya qayd etadi Nikkei.
Nashr shu maʼlumotlarga asoslanib, Putinning diplomatik kanallar orqali oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarga tayyorligi haqidagi signallarni notoʻgʻri baholamaslik kerak degan xulosaga keladi.
Avvalroq The New York Times oʻz manbalariga tayanib, Rossiya prezidenti sentyabr oyidan beri vositachilar orqali Kiyev va uning Gʻarbdagi ittifoqchilariga oʻt ochishni tugatishga, harbiy harakatlarni tomonlarning hozirgi egallagan hududlari doirasida toʻxtatishga tayyorligini bildirayotganini yozgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring