Putin ham koronavirus tekshiruvidan oʻtadimi?

22:30 21 Mart 2020 Dunyo
929 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu paytgacha koronavirus tekshiruvidan oʻtmadi va u bunday tekshiruvdan oʻtishi shart emas. Chunki, Putin sogʻlom va unda kasallik alomatlari yoʻq.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga bergan bayonotida aytishicha, Putin bilan boʻlgan tadbirlarda ishtirok etuvchilarning barchasi oldindan tekshirilmoqda.

Bu haftada undan davlat mukofotlarini qabul qilib olgan Qrimdagi odamlar ham koʻrikdan oʻtkazilgan.

“Biz bu choralarimizni asosli deb hisoblaymiz, shuning uchun prezident ishonch bilan ishlashda davom etishi mumkin”, dedi Peskov.

Putin koronavirus tekshiruvidan oʻtganmi yoki yoʻqmi degan savolga Peskov shunday javob berdi: “Xudoga shukrki, u har doimgiday oʻzini juda yaxshi his qilmoqda”.

Shu hafta boshida Kremlning barcha yuqori lavozimli amaldorlari bilan bir qatorda Peskovning oʻzi ham koronavirus tekshiruvidan oʻtgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер