Putin: Gʻalaba paradi Qizil maydonda albatta oʻtkaziladi

01:24 29 Aprel 2020 Dunyo
1659 0

Foto: ТАСС

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan parad Qizil maydonda albatta oʻtkazilishiga vaʼda qildi.

Faqat ushbu tadbir koronavirus tarqalish xavfi tugashi bilan tashkil etiladi. Davlat rahbari bu haqda mamlakat xalqiga qilgan murojaatida aytib oʻtdi.

Putinning taʼkidlashicha, Gʻalaba bayrami koronavirus tarqalishiga bogʻliq vaziyat barqarorlashganiga toʻla ishonch hosil qilinganidan keyin munosib ravishda nishonlanadi.

Prezident 9-may kuni Gʻalaba kuni sharafiga havo paradini oʻtkazilishini va shaharlarda bayramona mushakbozliklar oʻtkazilishini aytib oʻtdi.

Davlat rahbari har qanday holatda aholini xavfsizlik talablariga va oʻzini oʻzi izolyatsiya tartibiga rioya qilib, bayramni nishonlashga chaqirgan.

“Bu kun va uning ruhiy quvvati qalblarimizda mangu qoladi. Biz Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan va bugun oramizda yoʻq jangchilarimizni xotirlaymiz, faxriylarimizni esa tabriklaymiz. Garchi biz ularni bagʻrimizga bosa olmasak ham, ularga eng iliq soʻzlarni aytishga imkoniyat topamiz“, degan Putin.

Putin bolalar bilan oilaviy albomlarni tomosha qilishni, ota-onalar va bobo va buvilar ularga urush haqida hikoyalar aytib berishni, shuningdek, Katyusha kabi qoʻshiqlarni birga kuylashni taklif qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер