Pullarni talon-toroj qilgan shaxs yaqin tanishi boʻlib chiqdi

17:30 03 Iyun 2023 Jamiyat
608 0

Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi 31 yoshli fuqaro E.Z. ariza bilan murojaat qilib, oʻziga tegishli boʻlgan plastik kartasidan nomaʼlum shaxs tomonidan 2.307.000 soʻm pullar yechib olinganligini maʼlum qilib, pullarini qaytarilishida amaliy yordam soʻragan.

Oʻrganish davomida, pullarni yashirin ravishda oʻzlashtirgan shaxs, Toshkent viloyati, Parkent tumanida yashovchi 29 yoshli B.N. ekanligi aniqlangan.

Unga koʻra, B.N. E.Z. bilan yaqin tanishi ekanligi, shuningdek “sms” xabarnoma yordamida “click” ilovasidan foydalanib, plastik kartasidan 2.307.000 soʻm pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilganligi maʼlum boʻldi.

B.N.ga nisbatan Oʻz. Res. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Qonunga muvofiq, B.N. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер