PSJ kutilmaganda “Renn”ga magʻlub boʻldi
Kecha, 14-fevral kuni Fransiya Birinchi divizionida 22-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Renn” jamoasi oʻz maydonida PSJ bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv kutilmaganda mezbonlarning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Taʼkidlash joizki, “Renn” klubi PSJga qarshi oʻyingacha oʻtkazgan soʻnggi 3 ta uchrashuvda magʻlubiyatga uchragan edi.
Ushbu oʻyinda hisob 34-daqiqada “Renn” jamoasining iordaniyalik futbolchisi Musa Al-Tamari tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 69-daqiqasida Esteban Le Pol hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Oradan 2 daqiqa vaqt oʻtib, Usmon Dembele PSJning oʻyindagi yagona golini kiritdi.
81-daqiqada Breyel Embolo jamoasining uchinchi golini kiritdi. Shu tariqa oʻyin mezbonlarning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring