PSJ klubi Fransiya chempionati markaziy oʻyinida gʻalaba qozondi
Kecha, 16-yanvar kuni Fransiya 1-divizioni 18-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda muxlislar turning markaziy oʻyiniga guvoh boʻldi.
Unda mamlakatning amaldagi chempioni PSJ jamoasi oʻz maydonida “Lill“ klubini qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda kiritilgan gollarga Usmon Dembele va Brandley Barkola mualliflik qildi.
Uchrashuvdan soʻng, “Sofascore” portali “Oltin toʻp“ sohibi Usmon Dembeleni oʻyin qahramoni deb topdi. Uning harakatlari portal tomonidan 9,8 ballga baholandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring