PSJ yirik hisobda gʻalaba qozondi
Kecha, 8-fevral kuni Fransiya 1-divizionining 21-turi oʻyinlari yakunlandi. Kun doirasidagi bahsda PSJ jamoasi oʻz maydonida “Marsel Olimpik” klubini qabul qildi.
Uchrashuv 5:0 hisobida “parijliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 12-daqiqada Usmon Dembele tomonidan ochildi. Taym yakuni arafasida “Oltin toʻp” sohibi oʻyindagi ikkinchi golini kiritdi. Birinchi boʻlim 2:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 64-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Fakundo Medina oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. Oradan ikki daqiqa oʻtib Xvicha Kvarasxeliya hisobni 4:0 koʻrinishiga keltirdi. 74-daqiqada “parijliklar”ning koreyalik futbolchisi Kan In Li ham oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi. Shu tariqa oʻyin 5:0 hisobida yakunlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring