Pskentlik 37 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

17:41 15 Iyul 2020 Jamiyat
899 0

Pskent tumanida yashovchi, 37 yoshli M.M.da (erkak) joriy yil 3-iyulda hansirash, yoʻtal paydo boʻlgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan.

Ammo ahvoli ogʻirlashavergach, shu yilning 9-iyulda tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota koʻp tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

12-iyul kuni esa bemorda oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi belgilari boshlangan va sunʼiy nafas olish apparatiga ulangan. Unga “COVID-19” infeksiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi, oʻtkir nafas yetishmovchiligi bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi, oʻtkir nafas va oʻpka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер