Psixotrop dori vositalari manziliga yetib borolmadi
Amaldagi qonunchilikda belgilangan psixotrop dori vositalarini bojxona chegaralari orqali olib oʻtish talablariga rioya qilmaslik javobgarlikka tortiladi.
Sarhadlarda sergak bojxonachilar tomonidan inson ongini zaharlab, uning salomatligiga jiddiy putur yetkazuvchi, jamiyat kelajagiga bolta uruvchi psixotrop dori vositalarining noqonuniy tarzda mamlakatimiz hududiga olib kirilish holatlariga chek qoʻyilmoqda.
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovud-ota” chegara bojxona postiga Qozogʻiston Respublikasi orqali kirib kelgan “Lada-Largus” rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Natijada yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan va bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan avtotransport salon qismining tepasidagi “bardachok”da turgan oq rangli paket ichida har biri 10 mg.dan boʻlgan 8 ta qutida jami 400 dona “Baklosan” nomli psixotrop dori vositalarini hech qanday hujjatlarsiz Rossiya Federatsiyasidan respublikamiz hududiga olib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring