Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun psixologik oʻrganish test sinovlari elektron formatda boʻlib oʻtdi

18:33 02 Aprel 2025 Jamiyat
737 0

Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishni maqsad qilgan Toshkent shahridagi nomzodlar uchun psixologik o‘rganish test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentidan xabar berishlaricha, nomzodlarni psixologik o‘rganishga mo‘ljallangan test metodikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kasbiy saralash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan elektron shaklda ishlab chiqilib, test sinovlari ilk marotaba zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida elektron formatda amalga oshirildi.

Har bir nomzod vazifalarni bajarib bo‘lgan zahoti o‘z natijalarini monitorda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu amaliyot ishtirokchilarning vaqtini tejash bilan birga, tizimda ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini joriy qilib, korrupsiya holatlarining oldini oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер