Propiska tizimi tabaqalashtiruv va ijtimoiy tengsizlikning yorqin namunasi — R.Kusherbayev
Deputat Rasul Kusherbayev oʻzining telegram kanalida propiska tizimi haqida fikrlarini bildirib oʻtdi:
"Propiska tizimi tabaqalashtiruv va ijtimoiy tengsizlikning yorqin namunasi.
U Konstitutsiya normalariga eng koʻp toʻgʻri kelmaydigan tartiblardan biri boʻlsa kerak.
Biz esa tenglik va adolat uchun haliyam buni bekor qilolmayapmiz...
Bu yoqda esa Konstitutsiya qabul qilingan bayram kuni yaqinlashib kelyapti...
Bu bilan davlatga, siyosatga, yana kimgadir qoʻl keladigan nimagadir qarshiman demadim".
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring