Prokuratura organlari tomonidan Mirishkor tumani hokimi bilan bogʻliq holatlar oʻrganilmoqda

11:58 03 Mart 2020 Jamiyat
2355 0

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan Internet nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yil 2-mart kuni Mirishkor tumani hokimi B.Radjabovga mansubligi taʼkidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar oʻrganilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Oʻrganish natijalari har tomonlama qonun doirasida koʻrib chiqilib, ular yuzasidan qoʻshimcha bayonot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер