Profilaktika inspektoriga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Bosh prokuratura axborot xizmati xabariga koʻra, Namangan shahar IIB sobiq profilaktika inspektori S.O. boshqa fuqarolarning nomiga olingan jami 81,4 mln. soʻm kredit mablagʻlarini talon-taroj qilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchi turli bahonalar bilan tergovga kelishdan bosh tortib, yashiringanligi sababli, unga nisbatan sirtdan ayb eʼlon qilinib, 13-noyabr kuni sudining ajrimi bilan “qamoqqa olish”
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 14-noyabr kuni ayblanuvchi ushlanib, himoya huquqlari taʼminlangan holda tergovga jalb qilingan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring