Prezidentlar Xorazmga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.
Milliy qoʻshiq va raqslardan iborat tantanali marosim boʻldi.
Bugun yetakchilar muzokaralar oʻtkazadi va qadimgi Xiva shahrining tarixiy obidalari bilan tanishadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring