Prezident Administratsiyasida yana ikkita tayinlov amalga oshirildi
Prezident Administratsiyasida yana ikkita tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining farmoyishi bilan:
Elmurod Iqboljon oʻgʻli Najimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga;
Hikmatilla Shuhratilla oʻgʻli Ubaydullayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt boʻyicha departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 30-iyul kuni ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida bir qator tayinlovlar amalga oshirilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring